Asosiy
29.05.2017

29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy mamlakatlariga tashriflari davomida hamda Turkiya rahbari bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha imzolangan bitimlar, shartnomalar va muayyan sohalarda o‘zaro sheriklikni rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish jarayonining holatini tahlil qilish va baholashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

29.05.2017

2017-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Minya viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

26.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Istiqlol yillarida poytaxtimiz o‘zgacha tarovat va zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bir-birini takrorlamaydigan ma’muriy binolar, turar joylar, keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy ko‘priklar, muhtasham savdo majmualari, bozorlar bunyod etildi.

    
                o`zb   рус   eng
Bugun: 25.06.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati