Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolarini mukofotlash to‘g‘risida
11.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi.

1. Futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Meksikada o‘tkazilgan 2011 yilgi jahon chempionatida munosib ishtirok etib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgani, istiqlol davrida voyaga yetgan barkamol avlodimizning eng yorqin fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun quyidagilar «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni bilan mukofotlansin va ilovaga muvofiq moddiy rag‘batlantirilsin:

Talipdjanov Askar,Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi delegatsiyasi rahbari

Evstafeev Aleksey, terma jamoa bosh murabbiyi

Musayev Axmadjon, terma jamoa katta murabbiyi

Roshin Aleksey, terma jamoa murabbiyi

Ismailov Murodbek, terma jamoa murabbiyi

Mexmonov Rustam, terma jamoa shifokori

Shamsutdinov Ruslan, terma jamoa massajisti

Rizayev Sanjar, terma jamoa matbuot kotibi

Xolmurodov G‘anisher Ro‘zi o‘g‘li, terma jamoa darvozaboni

Abduljalilov Abdumavlon Abduqodir o‘g‘li, terma jamoa darvozaboni

Smorodin Sergey Dmitriyevich, terma jamoa darvozaboni

Raxmanov Sardor G‘afur o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Mirabdullayev Javlon Mamurjon o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Ubaydullayev Muxsinjon Xamidullo o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Jo‘rabayev Mirzamurod To‘ravoy o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Xaydarov Ravshanjon Yigitali o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Mansurov Asiljon Husan o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Asqarov Xasan Akbarjon o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Maxstaliyev Abbosbek Muxammadaliyevich, terma jamoa yarim himoyachisi

Sabirxodjayev Sardor Sabitjon o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Yarbekov Davlatbek Rustam o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Davlatov Bobir Baxodir o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Muratov Azizbek Radjab o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Xolmurodov Xolmurod Sayriddin o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Usmanxojayev Dior Oybekovich, terma jamoa yarim himoyachisi

Xakimov Timur Rafailevich, terma jamoa hujumchisi

Xakimov Jasurbek Barotovich, terma jamoa hujumchisi

Kamolov Nodirxon Ravshan o‘g‘li, terma jamoa hujumchisi

O‘rinboyev Zabihillo Baxtiyor o‘g‘li, terma jamoa hujumchisi

2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda mukofotlarni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida tantanali ravishda topshirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent shahri, 2011-yil 11-iyul

 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2011 yil 11 iyuldagi F-3675-sonli farmoyishiga

ILOVA

«LACETTI» avtomashinasi bilan:

Evstafeev Aleksey, terma jamoa bosh murabbiyi

Musayev Axmadjon, terma jamoa katta murabbiyi

«SPARK» avtomashinasi bilan:

Xolmurodov G‘anisher Ro‘zi o‘g‘li, terma jamoa darvozaboni

Raxmanov Sardor G‘afur o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Mirabdullayev Javlon Mamurjon o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Ubaydullayev Muxsinjon Xamidullo o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Xaydarov Ravshanjon Yigitali o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Mansurov Asiljon Husan o‘g‘li, terma jamoa himoyachisi

Maxstaliyev Abbosbek Muxammadaliyevich, terma jamoa yarim himoyachisi

Sabirxodjayev Sardor Sabitjon o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Yarbekov Davlatbek Rustam o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Davlatov Bobir Baxodir o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Muratov Azizbek Radjab o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Xolmurodov Xolmurod Sayriddin o‘g‘li, terma jamoa yarim himoyachisi

Xakimov Timur Rafailevich, terma jamoa hujumchisi


                o`zb   рус   eng
Bugun: 12.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati