Samimiy qutlovlar
31.12.2009

Yangi – 2010 yil kirib kelishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar boshliqlari o’zlarining samimiy tabriklarini yo’llashmoqda. Ularda Yurtboshimizga hamda O’zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sog’lik va salomatlik, olib borilayotgan ishlarda yutuq hamda omadlar izhor etishdek ezgu niyatlar bildirilgan.

Jumladan, quyidagilardan Yangi yil qutlovlari olindi:

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun;
Norvegiya Qiroli Xarald V;
Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Lyuksemburg Buyuk gersogi Anri;
Singapur Respublikasi Prezidenti Sellapan Rama Natan;
Ispaniya hukumati Raisi Xose Luis Rodriges Sapatero;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika; 
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Qurmanbek Bakiyev; 
Armaniston Respublikasi Prezidenti Serj Sergsyan; 
Gruziya Prezidenti Mixail Saakashvili; 
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon; 
Korea Xalq Demokratik Respublikasi Davlat Mudofaa qo‘mitasi Raisi Kim Chen Ir; 
Belgiya Qirolligi Bosh vaziri Iv Leterm;
Ukraina Prezidenti Viktor Yushchenko; 
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko; 
Vengriya Respublikasi Prezidenti Laslo Shoyom; 
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Nguyen Min Chiyet; 
Irlandiya Prezidenti Meri Makellis; 
Chernogoriya Prezidenti Filip Vuyanovich; 
Bosniya va Gersegovina Prezidiumi Raisi Jelko Komshich; 
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashshor al-Asad va boshqalar o’z tabriklarini yo’llaganlar.

Samimiy tabriklar kelishi davom etmoqda.



                o`zb   рус   eng
Bugun: 18.01.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati