O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
25.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Kasanachilikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, sanoat korxonalari bilan kasanachilik o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni 3-bandidagi “2019-yilning 1-yanvarigacha” degan so‘zlar “2021-yilning 1-yanvarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti                                             Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 24-may

                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.05.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati