Farmonlar
23.10.2012

Mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi ko‘p yillik shavkatli mehnati, shuningdek, xizmat burchini ado etishda ko‘rsatgan mardlik va fidoiyligi, milliy manfaatlarimizni himoya qilishdagi jasorati uchun quyidagilar mukofotlansin:
22.10.2012

Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillari mobaynida qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi...
17.10.2012

Futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan 2012-yilgi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishda jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
09.10.2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga hamda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining qaroriga muvofiq:

Po‘lat Razzaqovich Bobojonov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.
27.09.2012

Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
27.08.2012

Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin:
27.08.2012

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:
24.08.2012

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
23.08.2012

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglashga va yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan kata hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:
16.08.2012

Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimi Nurulla Shukurovich Jabborov (marhum) “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.05.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati