Matbuotda
30.04.2010

2010 yilning birinchi choragida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish natijasida iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlar davom etayotganini ko‘rsatmoqda.
16.04.2010

2010 yil 16 aprelda Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yil birinchi choragidagi yakunlari ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan respublika hukumatining 2010 yil 29 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi
12.04.2010

Toshkentda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning o’zbek modelini amalga oshirishning keng ko’lamli samaralarini, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlari salbiy ta’sirining oldini olish va iqtisodiyotni yanada jadal isloh qilish borasidagi mamlakatimiz tajribasini o’rganishga bag’ishlangan «Inqirozga qarshi choralar dasturlarining samaradorligi va inqirozdan keyingi rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari (O’zbekiston misolida)» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
12.04.2010

Hurmatli konferensiya qatnashchilari!

Siz, muhtaram mehmonlarni, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarini, olimlar, tahlilchi va ekspertlarni O‘zbekiston zaminida samimiy qutlash va ushbu xalqaro konferensiyadagi ishtirokingiz uchun chuqur minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz.

“Inqirozga qarshi choralar dasturlarining samaradorligi va inqirozdan keyingi rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi mavzui – fikrlar va taklif etilayotgan yondashuvlar hamda ushbu muammolarni milliy, mintaqaviy va global miqyosda hal etish yo‘llari bugun dunyoda keng muhokama etilayotgan masalalar ekanini inobatga oladigan bo‘lsak – avvalambor, o‘zining dolzarbligi bilan katta qiziqish uyg‘otadi, desam, o‘ylaymanki, aslo xato bo‘lmaydi
23.03.2010

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tantanalaridan reportaj.
05.03.2010

“Turkiston” saroyida xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
13.01.2010

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mustaqilligimizning muhim kafolati, ozod va obod Vatanimizni mustahkam himoya qilishga qodir ishonchli qalqondir. Shu kunlarda mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlarimizning 18 yilligi keng nishonlanmoqda.
07.01.2010

Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot, farovonlik xalqimizga mustaqillik tuhfa etgan aziz ne’matlardandir. Jamiyatimizdagi barqarorlik bois yurtimiz ravnaqi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdek ezgu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarish borasida ulkan, betimsol ishlarni bajarmoqdamiz.
05.01.2010

Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aholini ijtimoiy muhofazalashni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
31.12.2009

Yangi – 2010 yil kirib kelishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar boshliqlari o’zlarining samimiy tabriklarini yo’llashmoqda...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 17.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati