TASHQI SIYOSAT
TASHQI SIYOSAT

ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА

29 oktyabr. Moskvada O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasi bilan Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi rasmiy delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Kommyunike, shuningdek, RSFSR bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992 yilgi savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

6 noyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asoslari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi, Shartnomani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov va Belarus Respublikasi Oliy Kengashining raisi S.S. Shushkevich imzoladilar. Shuningdek, shu kuni ikki Respublika o‘rtasida savdo-iqgisodiy aloqalari to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim ham imzolandi.

12-13 dekabr. Ashgabadda O‘rta Osiyo respublikalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

14 dekabr. 1991yilning 13 dekabrida Ashgabadda bo‘lib o‘tgan uchra-shuvda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi, qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi rahbarlari o‘rtasida Tejen - Seraxs temir yo‘li qurilishi sohasidagi iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida Bitim e’lon qilindi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 17.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati