IJTIMOIY HAYOT
IJTIMOIY HAYOT

СОЦИАЛЬНАЯ ЖИЗНЬ

10 yanvar. Toshkentda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti va Moliya institutining 60 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘lib o‘tdi.

21 yanvar. Toshkentda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

23 yanvar. Toshkentda Turkiya madaniy markazi ochildi.


24 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika baynalmilal madaniy markazi to‘g‘risida"gi Qarori bayoni e’lon qilindi.

5 fevral. O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi.

9 fevral. Toshkentda Fransiya madaniyati haftaligining ochilish marosimi bo‘ldi.

26 fevral. Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining navbatdan tashqari V qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

28 fevral. Toshkentda bolalik va onalikni muhofaza qilish muammolari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

10 mart. Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida O‘g‘itlar instituti barpo etildi.

27 mart. Toshkentda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining "Navro‘z-92" Xalqaro teatr festivali tantanali ravishda ochildi.

27 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ro‘za hayiti" kunini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Ushbu Farmonga ko‘ra shu yilning 4 apreli - Ro‘za hayiti (iyd-al-fitr) diniy bayram kuni, shuningdek, keyingi yillarda Ro‘za hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi.

16 aprel. Toshkentda O‘zbekiston rassomlarining XIV s’yezdi ochildi.

28 aprel. Toshkentda O‘zbekiston teatr arboblarining ikkinchi s’yezdi bo‘lib o‘tdi.

28 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida respublika ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan himoya qilishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

4 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Fan va texnika sohasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

7 may. Toshkentdagi Kinochilar uyida mustaqil O‘zbekiston birinchi pochta markasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Pochta markasida o‘zbek shoirasi Mohlaroyim - Nodira aks ettirilgan. Uning muallifi musavvir SH.Hasanovadir.

23 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Navro‘z" xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

29 may. Toshkentda O‘zbekiston ijodkor arboblar jamg‘armasining birinchi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

11-14 may. Toshkentda "O‘rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi" Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

12-23 may. Buxoroda "Abdurauf Fitrat hayoti va faoliyati" mavzuida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

28 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston qizil Yarimoy jamiyati to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi qizil Yarim oy jamiyatining o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh tibbiyot xodimlari va faollarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmoni qabul qilindi.

8 iyun. Toshkentda huquqshunoslarning Xalqaro seminari ochildi.

9 iyun. Toshkentda "Bilim" jamiyatining navbatdan tashqari XI s’yezdi bo‘lib o‘tdi. S’yezd respublika "Bilim" jamiyatini O‘zbekiston ziyolilarining ilmiy-ma’rifiy assotsiatsiyasiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

24 iyun. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining organi - "Vatanparvar" gazetasining birinchi soni bosmadan chiqdi.

5 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Manila shahrida (Filippin) bo‘lib o‘tgan olimpiadada yuqori sport nati-jalariga erishganligi, shaxmatni rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasining shaxmat bo‘yicha terma jamoasi a’zolarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

Iyul. Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika instituti tashkil etildi.

7 avgust. Toshkentda Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining bir yilligi munosabati bilan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

31 avgust. Toshkentdagi "Nodirabegim" kinoteatrida rejissyor Davron Salimovning "Istiqlol" filmi namoyish etildi.

Avgust. Shahrisazbda Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan o‘zbek milliy kurashi (buxorocha qoida) bo‘yicha birinchi Xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tdi, Musobakalarda O‘zbekiston, Rossiya, Gruziya, Turkmaniston, Tojikis-ton, qirg‘iziston va MDh ning boshqa mamlakatlaridan kelgan 400 dan ortiq kurash ustalari ishtirok etdi. Shahrisabzlik Abduqodir Pirmatov musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

1 sentyabr. Toshkentda O‘zbekistonda birinchi marta texnika aviatsiya litseyi ochildi.

10 oktyabr. Toshkentda O‘zbekiston "Rus tili va adabiyoti" assotsiatsiyasining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

15 oktyabr. Toshkentda yuqori molekulyar birikmalar kimyosi bo‘yicha "O‘zbekiston Makro-92" mavzuida Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Oktyabr. Toshkentda O‘zbekistonda birinchi sharq tillari litseyi ochildi.

8-15 oktyabr. Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining XI Xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov festival qatnashchilariga tabrik bilan murojaat qildi.

3 noyabr. Toshkentda yosh vatandoshlar festivali ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov festival ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

3 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi.

Noyabr. O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar tashkilotiga qabul qilindi.

25-26 noyabr. Toshkentda O‘zbekiston urologlarining birinchi s’yezdi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov s’yezd ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

26 dekabr" Toshkentda bolalar miya falajini boshidan kechirgan no-gironlar uchun Respublikada birinchi "Umid" tibbiy-davolash markazi ochilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi.

Dekabr. Samarqand viloyatidagi Oqtosh shahrida O‘zbekistonda mashhur baxshi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi ochildi.

Dekabr. Malayziyada O‘zbek kinosi haftaligi bo‘lib o‘tdi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati