IJTIMOIY HAYOT
IJTIMOIY HAYOT

СОЦИАЛЬНАЯ ЖИЗНЬ
Ta’lim. Fan

19 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "1994 yilni Mirzo Ulug‘bek yili deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

Iyun. Istambulda Ulug‘bekning 600 yilligi hamda Kandil rasadxonasining 125 yilligiga bag‘ishlab Turkiyada va islom olamida fan va texnologiya bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpozium ishida O‘zbekiston olimlari ham ishtirok etdi.

2 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tashkil etildi. 

28 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

Sentyabr. Jizzaxda oliy harbiy bilim yurti ochildi. 

13 oktyar. Toshkentda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan "Mirzo Ulug‘bek va uning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi" mavzuida Xalqaro ilmiy konferensiya ochildi. Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik yo‘lladi. 

Oktyabr. Toshkentda O‘rta Osiyoni o‘rganish bo‘yicha Fransiya instituti tashkil etildi. 

8 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Samarqand Davlat chet tillar institutini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

25 noyabr. Toshkentda Misr fan va ta’lim markazi ochildi. 

Noyabr. Toshkentda mustaqillik mafkurasiga bag‘ishlangan birinchi Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Madaniyat va ijtimoiy hayot 

1-11 yanvar. Tehronda XII Xalqaro kinofestival bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston filmlari birinchi marta namoyish etildi. Festivalda o‘zbek kinemotografchilaridan rejissyor M.Qayumovning "Ismoil Buxoriy", N.Mahmudovning "Bahouddin Naqshband" hujjatli filmlari va 1945 yilda N.G‘aniyev suratga olgan "Tohir va Zuhra" badiiy filmi namoyish etildi. 

3 yanvar. O‘zbekiston aholisi ilk bor olis Hindistondan bevosita uzatilgan televizion dasturni tomosha qildi. Bu dastur Dehlidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Hindistonga tashrifini yorituvchi reportaj bilan ochildi. 

4 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Adabiyot, san’at va arxitektura sohasida 1994 yilgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

Mart. Toshkentda Ukrainaning "Batkivshina" madaniy markazi tuziildi. 

Mart. Toshkentda "Navro‘z, yoshlik, do‘stlik" shiori ostida o‘quvchi yoshlarning Xalqaro baynalmilal festivali bo‘lib o‘tdi. 

23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

Aprel. Bonnda "Germaniya-O‘zbekiston" jamiyatining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

25-29 may. Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 

May. Toshkentda Yevropa kunlari bo‘lib o‘tdi. 

May. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi musobaqalariga bag‘ishlangan markalarni pochta muomilasiga chiqardi. 

1-3 iyun. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov uning ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. 

Iyun. Kuala-Lampurda (Malayziya) Xalqaro islom madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi. Festival davomida O‘zbekiston kunlari ham bo‘lib o‘tdi. 

3 oktyabr. Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi saroyida Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo‘li" Xalqaro konferensiyasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov uning ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Xalqaro uchrashuv o‘z ishini 6 oktyabrda Samarqandda tugalladi. Shu yerda "Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlik bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi" qabul qilindi. 

6 oktyabr. Nukusda buyuk olim, atoqli astronom Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek haykali ochildi. 

15 oktyabr. Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. 

24 oktyabr. Parijda YUNESKOning majlislar o‘tkaziladigan zalida "Ulug‘bek va buyuk Temuriylar davri" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi hamda "Ulug‘bek va an’anaviy san’at" ko‘rgazmasi ochildi. 

7 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Milliy qadriyatlarni tiklash va madaniyatni yuksaltirish, Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o‘rganish va targ‘ib qilishdagi fidokorona xizmati uchun respublika madaniyat xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

3 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "1994 yil uchun adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

29 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini bayram qilish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

Sog'liqni saqlash. Sport. 

25 fevral. O‘zbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustasi, fristayl bo‘yicha Jahon chempioni va kubogi sohibi Lina Cheryazeva Norvegiyaning Lillexammer shahrida bo‘lib o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. qishki olimpiadalar tarixida birinchi marta chempion sharafiga mustaqil O‘zbekiston Respub-likasining Davlat Madhiyasi yangradi. 

14 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XVII qishki Olimpiya o‘yinlari qatnashchilarini mukofotlash to‘g‘risida Farmon chiqardi. 

13 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XOq Prezidenti Xuan Antonio Samaranch rahbarligidagi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasini qabul qildi. 

3 may. Toshkentda "Buyuk Ipak yo‘li" nomi ostida tennis bo‘yicha Xalqaro musobaqa ochildi. Musobaqada 22 mamlakatdan sportchilar qatnash-dilar. 

14 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublikada dori-darmon vositalarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

27-30 sentyabr. Toshkentda "Tibbiyot-94" Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

3 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Bu-tunjahon turistik tashkiloti bosh kotibi Antonio Enrikes Savinyakni qabul qildi. 

14 oktyabr. Toshkentda pediatrlarning ikkinchi Xalqaro kongressi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kongress I ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. 

17 oktyabr. Toshkent aeroportida Xirosimada o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish ma-rosimi bo‘ldi. Sportchilarimiz 10 ta oltin, 11 ta kumush va 19 ta bronza - jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdilar.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.04.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati