IJTIMOIY HAYOT
IJTIMOIY HAYOT

СОЦИАЛЬНАЯ ЖИЗНЬ
Ta’lim. Fan

24 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish hamda boshqarish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

Fevral. "Sharq" nashriyot-matbaa konserni "Inson baxt uchun tug‘iladi" to‘plamini chiqardi. Kitobga Prezident Islom Karimovning asarlari va nutqlaridan shunday iboralar jamlanganki, ular o‘zining obrazliligi, lo‘ndaligi bilan ajralib turadi va hikmatli so‘zlarga aylanib qolgan. Ular O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘liga qadam qo‘ygan jamiyatimiz hayotining barcha jihatlarini o‘zida aks ettiradi. To‘plam Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bir guruh mutaxassislari tomonidan tuzilgan va nashrga tayyorlangan. 

Fevral. Toshkentda bir qator vazirliklar va idoralar, viloyat hokimiyatlari, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalarining rahbarlari ishtirokida "Ekoturizm va Buyuk ipak yo‘li" ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Mart. Jenevada bo‘lib o‘tgan ixtirolar, yangi texnologiyalar va mahsulotlarning XXVI Xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston o‘zining o‘nta ilmiy-texnikaviy ishlanmasini namoyish etdi va ularning barchasi nufuzli medallarga sazovor bo‘ldi. 

Mart. Toshkentda Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda olimlar, mutaxassislar, talabalar, Toshkentdagi Misr madaniy markazining xodimlari hamda diplomatik korpus vakillari qatnashdilar. 

16 aprel. Buxoroda "Mustaqillik va ma’naviyat" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Aprel. Dehlida "Ahmad al-Farg‘oniy va uning davri" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Hindistonning yetakchi olimlari, diplomatik korpus vakillari, jurnalistlar, shuningdek, mazkur mamlakat o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan o‘zbek stajyorlari, aspirantlari va talabalari ishtirok etishdi. 

13 may. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

20-21 may. Toshkentda Prezident Islom Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida "Markaziy Osiyo xalqalri tarixi va tarixshunosligi masalalari" mavzuida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Avgust. O‘zbekiston Fan va texnika Davlat qo‘mitasi mukofotiga taqdim etilgan ilmiy ishlarning Respublika tanloviga yakun yasaldi. 

2 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona kolleji ochildi. 

16 sentyabr. Beruniy shahrida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan olimlar ishtirok etishdi. 

6 noyabr. YUNESKOning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 155-sessiyasi ishtirokchilarining YUNESKO Bosh birektori Federiko Mayor boshchiligidagi bir guruhi Toshkent Davlat universitetida Mirzo Ulug‘bek nomidagi YUNESKO kafedrasi ochilishi marosimida ishtirok etishdi 

Noyabr. Buxoroda viloyatda birinchi akademik litsey ochildi. 

Madaniyat va ijtimoiy hayot 

10 yanvar. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 

12 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

13 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Alpomish" dostonining 1000 yilligini bayram qilish" to‘g‘risida Qaror qabul qildi. 

15 yanvar. Moskvadagi yirik "Drofa" nashriyoti Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobini nashr etdi. 

30 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

9 fevral. Toshkentda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 557 yilligiga bag‘ishlangan an’anaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

13 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Islohotlar va barqarorlik" nomli kitobi Anqarada "XX asr rahbarlari" turkumida turk tilida chop etildi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Sulaymon Demirel va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Hikmat Chetin kitobga so‘z boshi yozishgan. 

13 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar assotsiatsiyasida "O‘zbekiston - Daniya" do‘stlik jamiyatining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

17 fevral. Toshkentda "O‘zbekiston - Slovakiya" do‘stlik jamiyatining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

26 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

Mart. Dehli va Chandigarh shaharlarining Javoharlal Neru va Kurukshetra nomli universitetlarida "Hindiston bilan O‘zbekiston madaniy aloqalari tarixi" mavzuiga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar o‘tkazildi. Seminarda sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik M.Xayrullayev boshchiligidagi o‘zbek olimlari delegatsiyasi qatnashdi. 

1 aprel. Chet el mamlakatlari bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyati Kengashida "O‘zbekiston - Fransiya" do‘stlik jamiyatining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

9 aprel. Mamlaktda Sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan kuni keng nishonlandi. Poytaxtdagi tantanalar buyuk ajdodimiz nomi bilan ataluvchi xiyobonda o‘tkazildi. Samarqandda esa Go‘ri Amir maqbarasi yonida buyuk Amir Temur ruhiga ta’zim bajo keltirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

15 may. Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 1 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonuni (yangi tahrirda) e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 

18 iyun. "Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning javoblari e’lon qilindi. 

25 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobi ivrit tilida nashr etilgani haqida xabar e’lon qilindi. Kitob taqdimoti Tel-Avivda bo‘lib o‘tdi va nafaqat ommaviy axborot vositalari xodimlarining emas, shu bilan birga, iqtisodchi olimlar, jamoat arboblari va diplomatlarining ham e’tiborini qozondi. 

24 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Ma’naviyat va ma’rifat sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ular samardorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

24 iyul. Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga O‘zbekiston Prezidentining sovg‘asini topshirish marosimi bo‘ldi. Bu XV asrda Ibn Arabshoh yozgan va XVII asrda Gollandiyada tarjima qilingan "Temur tarixining mo‘jizaviy taqdiri" kitobidir. Bu g‘oyat qimmatli kitobni Islom Karimovga O‘zbeistonda mehmon bo‘lgan yirik shveytsar kolleksioneri o‘z jamg‘armasidan in’om etdi. 

20 avgust. Beruniy shahrida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy muzeyi binosining poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Sentyabr. Tennis bo‘yicha "Prezident kubogi" turniriga bag‘ishlangan pochta markasi "O‘zbekiston markasi" OTAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan muomilaga chiqarildi. 

9 oktyabr. Nurota shahrida "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bag‘ashlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda olimlar va adabiyotshunoslar, o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

17 oktyabr. "O‘zbekiston" nashriyotida davlatimiz rahbari Islom Karimovning "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" kitobi nashr etilgani haqida e’lon qilindi. Kitobga Prezidentimizning kitobxonlar tomonidan xolis baholangan mustaqillik yillaridagi eng dolzarb mavzulardagi asarlari o‘z aksini topgan. 

23 oktyabr. Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriyning 1225 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning deyarli 40 mamlakatidan mehmonlar, jumladan, "Yunesko", "Al-Babtiyn" jamg‘armasi kabi nufuzli tashkilotlarning vakillari qatnashdi. "Afrosiyob" mehmonxonasining majlislar zalida "Imom al-Buxoriy va uning jahon madaniyatida tutgan o‘rni" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shu kunning o‘zida Chelak tumanining Xartang qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimi bo‘ldi. Uning ochilish marosimida Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. 

24 oktyabr. Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubiileyiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Yubiley tantanalari "Jahon fanini rivojlantirishda Ahmad al-Farg‘oniyning roli" mavzuidagi Xalqaro konferensiya bilan boshlandi. So‘ngra Prezident Islom Karimov va yubiley ishtirokchilari Quvada bo‘ldilar. 

Oktyabr. Almati shahrida Yevroosiyo Xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek kinorejissyori Malik Qayumovning "Go‘ri Amir" filmi MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining maxsus sovriniga sazovor bo‘ldi. 

16 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xalqaro Imom al-Buxoriy jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

Noyabr. "O‘zbekiston" nashriyotida "Adolat, Vatan va xalq manfaatlari hamma narsadan ustun" nomli yangi to‘plam nashr qilindi. Unga Prezident Islom Karimovning Samarqand va Navoiy viloyatlari xalq deputatlarining Navbatdan tashqari sessiyalarida so‘zlagan nutqlari, Prezidentning O‘zbekiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi raisiga bergan intervyusi kiritilgan. To‘plam o‘zbek va rus tillarida chiqarildi. 

Sog'liqni saqlash. Sport. 

5 fevral. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan "Toshfarm Amerikan Interneyshnl" qo‘shma korxonasi yangi infuzion preparatlar ishlab chiqa-rishga kirishdi. Ushbu dori-darmonlar gepatit, oshqozon-ichak anemiyasi kabi og‘ir xastaliklarni da’volashda qo‘llaniladi. 

12 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Sa-nitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

14 mart. Gamburgda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon birinchiligida tosh kentlik Artur Grigoryan nemis bokseri Marko Rudolfni yengib, jahon boksyorlar tashkiloti fikriga ko‘ra 61 kg gacha bo‘lgan vaznda professional boksyorlar ichida oltinchi marta Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. 

6-9 aprel. Toshkentda "Sog‘liqni saqlash-98" IV Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada 20 ta davlatning yuzga yaqin farnatsevtika firmalari va kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish qilishdi. 

22 may. O‘zbek alpinistlaridan birinchi bo‘lib Rustam Rajapov Jomolungmu (Everest) tog‘ining eng baland cho‘qqisini zabt etib, u yerda O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatdi. 

22-24 may. "Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Kubogi" uchun erkin va grek-rim kurashi bo‘yicha II Toshkent Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Sovrinlar uchun 184 kuchli kurashchi jang olib bordi. O‘zbekistonlik kurashchilar o‘z vazni bo‘yicha erkin kurash usulida 3 ta oltin va grek-rim kurashida esa 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar. 

May. Toshkentda bolalardagi qandli diabet kasalligi muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning endokrinolog va pediatrlari ushbu kasallik diagnostikasi, uni davolash bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qildilar. 

13 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish to‘g‘risidagi Farmoyishi e’lon qilindi. 

29 iyul. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkentdagi vako-latxonasida O‘zbekistonning YUNISEF bilan 2000-2004 yillardagi ham-korlik qilish dasturi strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan maslahat kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda respublika xukumati, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi milliy va xalqaro tash-kilotlarning vakillari ishtirok etdilar. 

25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Ushbu unvon Jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari va shu qabildagi yirik musobaqalarda yuksak sport natijalariga erishib, Vatan shon-sharafi, nufuzi va obro‘yini ko‘tarishga o‘z hissalarini qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etildi. 

6 sentyabr. Toshkentda kurash bo‘yicha navbatdagi ta’sis kongressi bo‘lib o‘tdi. Jahonning 27 mamlakatidan qatnashgan vakillar yakdillik bilan Xalqaro kurash assotsiatsiyasini tuzishni yoqlab ovoz berdilar. Uning prezidenti qilib Komiljon Yusupov, O‘zbekiston Assotsiatsiyasining fax-riy prezidenti qilib davlatimiz Boshlig‘i Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. 

6-7 sentyabr. Toshkentda "O‘zbekiston Prezidenti Kubogi" uchun Xalq-aro kurash turniri bo‘lib, unda 20 ta mamlakatdan vakillar ishtirok etdi. O‘zbekiston Prezidenti Bosh sovrinini turkiyalik kurashchi Selim Tatar o‘g‘li qo‘lga kiritdi. 

Oktyabr. Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi va-kolatxonasida "SPIDga qarshi kurashda mamlakatga texnikaviy yordam ko‘rsatish" loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

10 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 25.06.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati