TASHQI SIYOSAT
TASHQI SIYOSAT

ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА

5-6 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ashgabadda bo‘ldi. U yerda Markaziy Osiyoning besh mustaqil davlati - O‘zbekiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 
Uchrashuv yakuni bo‘yicha qabul qilingan Ko‘shma Bayonotda tomonlar uzoq muddatli sheriklikka asoslangan va besh davlat milliy manfaatlariga javob beradigan do‘stona, tenghuquqli va o‘zaro foydali munosabatlarni rivojlantirishni hamda mintaqada xavfsizlikni va barqarorlikni chu-qurlashtirishga og‘ishmay amal qilajaklarini tasdiqladilar. 

26 yanvar. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga G. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi faxriy doktori diplomini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi prezidenti Vitaliy Bidyapin Islom Karimovning ilmiy sohadagi buyuk xizmatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi va unga ana shu xizmatlari uchun bu yuksak ilmiy unvon berilganligini ma’lum qildi. Davlatimiz rahbariga G. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Akademiyasining faxriy doktori diplomi, shuningdek, an’anaga ko‘ra, doktorlik mantiyasi va esdalik medali topshirildi. 

28 yanvar. Samarqandda "Xalqaro inson huquqlari va O‘zbekiston sharoitida ularning qo‘llanishi" mavzuida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Unda sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari vakillari, shuningdek, BMT mutaxassislari ishtirok etishdi. 

5 fevral. Amerikaning "Shattl-Endever" kosmik kemasi parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi va unda Amerika astronavtlari bilan birga o‘zbek kosmonavti Solijon Sharipov ham ishtirok etdi. Prezident Islom Karimov uni bu tarixiy parvozi va yerga eson-omon qaytib tushganligi munosabati bilan tabrikladi. 

3 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevropa Tiklanish va taraqqiyot bankining direktorlar kengashi ijrochi direktori Vilgelm Yaggi boshchiligqdagi delegatsiyani qabul qildi. 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan YETTB o‘rtasvdagi aloqalarni yanada kengaytirish, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq ma|salalar yuzasidan fikr almashinildi. 

15 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islon Karimov AqSH kongressi senatori Sem Braunbekni qabul qiddi. 

Suhbat davomida Buyuk Ipak yo‘li strategiyasi bilan bog‘liq masalalar, shu loyiha doirasida mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal etish hamda o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

28-29 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Moskvada Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar boshliqla-rining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi. 

5-7 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Boris Yelsinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi. 

Muzokaralar ikki Prezidentning suhbati bilan boshlandi. Ular ikki davlatning hozirgi siyosiy va iqtisodiy ahvoli, ularni yanada rivojlantirish yo‘llari, xalqaro vaziyat, jumladan, Tojikiston va Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fikrlar almashdilar. 

So‘ngra kengaytirilgan tarkibda O‘zbekiston va Rossiya rasmiy delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. 

19 may. Bonnda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Germaniyadagi eng nufuzli va qadimiy Fridrix Ebert nomli jamg‘arma o‘rtasida Bitim imzolandi. 

Bitim iqgisodiyot, ilm-fan, ta’lim, ijtimoiy sohadagi, atrof-mu-hitni muhofaza qilish, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, davlat xizmatchilari va jurnalist kadrlar tayyorlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi hamkorlikning turli shakl va vositalarini rivoj-lantirishni nazarda tutadi. 

10 iyun. Prezident Islom Karimov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonning yangi poytaxti - Ostona shahrining Xalqaro taqdimotida ishtirok etdi. Islom Karimov tantanali yig‘ilishda nutq so‘zladi va qozog‘iston xalqini yangi poytaxti bilan samimiy qutladi. 

8 sentyabr. Bokuda "Buyuk Ipak yo‘li"ni tiklashga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, unda o‘ttizdan ortiq mamlakatlar va bir qancha xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Konferensiya yakuni yuzasidan bir qator hujjatlar, jumladan, xalqaro transport to‘g‘risidagi, Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama Bitim, Boku Deklaratsiyasi imzolandi. 

14-16 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Isroilda bo‘ldi. 

Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari muzokaralari yakuni bo‘yicha Prezident Islom Karimov va Bosh vazir Benyamin Netanyax ikki yoqlama soliq undirishga barham berish, daromad va kapitalga soliq to‘lashdan bosh tortishning oldini olish, savdo-iqgisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni himoya qilish, qishloq xo‘jaligi, texnika, soliq va sog‘liqni saqdash sohalarida ham-korlik qilish to‘g‘risidagi Bitimlarni imzolashdi. 

11-12 oktyabr. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Boris Yelsin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Do‘rmon qarorgohida yuksak martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, so‘ngra Prezident-larning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘ldi. Suhbat davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama aloqalarni, mintaqaviy va global xavfsizlikni yanada kengaytirish, shuningdek, boshqa muhim masalalar yuzasidan fikr almashuvlar bo‘ldi. 

12 oktyabr. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Boris Yelsin 1998-2007 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Shartnoma, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining qo‘shma Bayonoti imzolandi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma Kommyunike qabul qilindi. 

29 oktyabr. Turkiyada turk xalqining milliy bayrami - mamlakat Respublika deb e’lon qilinganligining 75 yilligi nishonlandi. Bu tantanalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi. 

6 noyabr. Toshkentda 19 oktyabrda Parijda ochilgan YUNESKO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni YUNESKO Ijroiya kengashining raisi Pal Pataki ochdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Sessiyada so‘zga chiqqan YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor Islom Karimovni Abu Ali ibn Sino nomidagi Oltin medalga sazovor bo‘lganligi bilan tabrikladi hamda O‘zbekiston Prezidentiga medalni topshirib, davlatimiz boshlig‘i insoniy g‘oyalarni sharaflagani, madaniy boyliklarni saqlashdagi va ilmiy merosni o‘rganishdagi xizmatlari uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘lganligini ta’kidladi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 26.06.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati