IJTIMOIY HAYOT
СОЦИАЛЬНАЯ ЖИЗНЬ

4 yanvar. Ma’naviyat va ma’rifat sohasida 1998-2000 yillarda nashr etilgan eng yaxshi monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika Davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tgan yilning mart oyida e’lon qilingan birinchi Respublika tanlov yakunlari e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasidan A.Begmatovning "Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi" asari birinchi o‘rinni oldi.


15 yanvar. Oqsaroy qarorgohada bo‘lgan uchrashuvda M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining rektori Viktor Sadovnichiy davlatimiz boshlig‘iga tantanali vaziyatda faxriy professor diplomini topshirdi. Islom Karimov O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini, fan, maorif va madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan juda katta hissasi uchun mazkur unvonga sazovor bo‘ldi. 

Islom Karimov o‘z mehnatiga berilgan yuksak baho va ko‘rsatilgan hurmat uchun moskvalik olimlarga minnatdorchilik izhor etdi. 

Yanvar. M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti delegatsiyasi O‘zbekistonda mehmon bo‘ldi. Mehmonlar respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘ldilar, bu yerda vazirlik bilan Moskva Davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Shartnoma imzolandi. 

10 aprel - Prezident Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Amerika Oliy islom kengashi raisi shayx Muhammad Hishom Qabboniy hamda naqshbandiya tariqati rahnamosi shayx Muhammad Nozim Odil Haqqoniyni qabul qildi. 

25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzilgan kun. 

12 iyun "2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida" Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilindi. 

28 sentyabr. Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi sinovdan o‘tkazildi. 

3 noyabr. Urganchda "Avesto" kitobining 2700 yilligini nishonlash munosabati qurilgan yodgorlik majmuasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Darhaqiqat, ming yillar davomida u kishilar hayotida o‘ziga xos yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qildi. U yovuz kuchlar, shavqatsizlik, jaholatga qarshi kurashda oliyjanoblik, ezgulik, yaratuvchanlik va bilimga da’vat etdi. Bu kitob insoniyat tarixida buyuk ahamiyatga qadimiy yozma yodgorliklar safida turadi. Agar unga axloqiy-falsafiy qarashlar, davlatchilik asoslari, insonning jamiyatdagi o‘rni haqidagi fikrlar nuqtai nazaridan qaralsa, "Avesto" shunday kitobki, unga biror-bir asar teng kela olmaydi. 

O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, bu noyob kitob biz istiqomat qilayotgan bu qadimiy o‘lkada, bu zaminda buyuk davlat, buyuk madaniyat, buyuk ma’naviyat mavjud bo‘lagnidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. 

25-26 noyabr - Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasining 130 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish va ilmiy anjuman o‘tkazildi. 

7 dekabr - Vazirlar Mahkamasining "Muborak haj ziyoratiga boruvchilarga yordam ko‘rsatish haqida"gi 467-son qarori qabul qilindi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 06.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati