Tabriklar
21.10.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston dehqonlari va fermerlari, barcha mehnatkashlariga tabriknomasi

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, siz, aziz dehqon va fermerlar, suvchi, agronom va mexanizatorlarni, barcha dala mehnatkashlarini g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini ado etganingiz bilan samimiy muborakbod etishni o‘zim uchun katta sharaf deb bilaman.

O‘z hayotini dunyodagi eng mashaqqatli va olijanob ishga bag‘ishlagan sizdek fidoyi insonlarning yil bo‘yi ter to‘kib qilgan mehnatingiz hisobidan joriy mavsumda 7 million 300 ming tonna g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ziyod paxta yetishtirishga, shuningdek, pillachilik, chorvachilik, meva-sabzavot va boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham belgilangan rejalarni muvaffaqiyatli bajarishga erishganimiz hammamizga katta xursandchilik yetkazadi.

30.09.2015

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Avvalambor, siz, azizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Bu dunyoda har qaysi ongli inson – qayerda ishlamasin, qanday kasbu kor, lavozim egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo‘llagan muhtaram o‘qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi.

Haqiqatan ham, o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini bag‘ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo‘tabar, onadek mehribon siz, aziz ustozlarning hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi.

26.06.2015

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye sohasi fidoyilarini, muhtaram faxriylarimiz, yurtimizdagi barcha mushtariylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishdan mamnunman.

Barchamizga yaxshi ma’lum, bugungi hayotimizni sizlarning murakkab va mas’uliyatli faoliyatingizdan, ommaviy axborot vositalaridan ayri holda aslo tasavvur etib bo‘lmaydi.

21.03.2015

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda tabiat uyg‘onib, bahor kelishi bilan ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Hammamiz orziqib kutadigan, yangilanish va yasharish, shodu xurramlik ramzi bo‘lgan ana shunday eng ko‘hna, olijanob bayram bilan siz, azizlarimni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

06.03.2015

Munis va muhtarama onaxonlar!

Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Barchamiz orziqib kutadigan, tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu ilk bahor kunlarida, ayni shu shukuhli ayyomda siz, aziz qadrdonlarimni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etish menga katta quvonch bag‘ishlaydi.

13.01.2015

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 23-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

01.01.2015

Qadrli vatandoshlarim!

Mana shu fayzli damlarda siz, aziz yurtdoshlarimga avvalo o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etib, qutlug‘ qadamlari bilan kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, barchangizga chin qalbimdan sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga xotirjamlik va farovonlik tilashni o‘zim uchun katta baxt deb bilaman.

Ayni shu daqiqalarda yakuniga yetib borayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida bosib o‘tgan yo‘limizni va ro‘y bergan voqealarni, qo‘lga kiritgan marra va yutuqlarni shukronalik bilan ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazar ekanmiz, 2014-yil biz uchun samarali va xosiyatli bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor, deb o‘ylayman.

28.11.2014

Aziz do‘stlar!

Hurmatli san’at ahli!

Avvalambor, O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100-yillik qutlug‘ to‘yi munosabati bilan siz, muhtaram teatr jamoasi va muxlislarini, sizlarning timsolingizda butun madaniy jamoatchiligimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ma’lumki, dunyodagi har qaysi xalq, har qaysi davlatning ma’naviy taraqqiyot darajasi avvalo uning madaniyati, san’at va adabiyotida, jumladan, teatr san’atida yaqqol namoyon bo‘ladi.

06.11.2014

Hurmatli do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha temiryo‘l xodimlarini mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etilganining 20-yilligi bilan chin qalbimdan tabriklash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

24.10.2014

Aziz mirishkor paxtakorlar!

Qadrli dehqon va fermerlar!

Siz, azizlarni shu kunlarda o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingiz evaziga 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, shartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklashdan, chin qalbimdan hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati