Tabriklar
27.06.2013

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz, azizlarni, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa sohasida xizmat qilayotgan insonlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan va barchangizga o‘z hurmat-ehtiromimni bildirishdan xursandman.

27-iyun kuni – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb e’lon qilingan bu sanaga bu yil roppa-rosa yigirma yil to‘layotgani nafaqat soha xizmatchilari, balki ularning ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo‘ladigan millionlab mushtariylar, barcha ziyolilarimiz tomonidan mamlakatimizda qutlug‘ bayram sifatida nishonlanayotgani hammamizga katta mamnuniyat yetkazadi.
06.06.2013

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Muhtaram ustoz va murabbiylar, hurmatli mehmonlar!

Bugun unib-o‘sib, katta niyat va ishonch bilan hayotga kirib kelayotgan siz, aziz farzandlarimni O‘zbekiston yoshlarining hayotidagi ulkan voqea – yoshlik, go‘zallik va sport bayrami bo‘lmish “Universiada – 2013” o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
24.04.2013

Qadrli do‘stlar!

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Avvalambor, siz, azizlarni – “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘armasi tashkil etilganining 20-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman qatnashchilarini, Jamg‘armaning barcha xodimlari va faollarini bugungi qutlug‘ sana bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mustaqil O‘zbekiston tarixida hukumatga qarashli bo‘lmagan birinchi jamg‘arma sifatida tashkil topgan, noyob va betakror xususiyatlari bilan ajralib turadigan ushbu ijtimoiy tuzilma o‘tgan davr mobaynida, o‘ta muhim va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda ko‘pgina yutuq va marralarga erishdi.
19.03.2013

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING NAVRO‘Z BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng ochib, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam!” deb, shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

07.03.2013


Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Tabiat uyg‘onib, tobora chiroy ochayotgan mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Biz hayot falsafasi, ma’no-mazmuni va go‘zalligini birinchi navbatda barchamizni dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan muqaddas Ona siymosida, ayol timsolida ko‘ramiz, ayol zotini Yaratganning tengsiz mo‘jizasi, deb ulug‘laymiz.

25.01.2013

Aziz opa-singillar, muhtarama ayollar!

Avvalambor, sizlarga – O‘zbekiston xotin-qizlari respublika konferensiyasining barcha ishtirokchilariga, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollariga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirib, anjuman ishiga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Bundan yigirma bir yil oldin tashkil topgan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘zining joylardagi bo‘limlari va tuzilmalari bilan birga o‘tgan qisqa davr mobaynida, aytish mumkinki, o‘ta muhim va mas’uliyatli, ulkan vazifalarni amalga oshirishda ko‘pgina yutuq va marralarga erishdi. Bu tashkilotning mamlakatimiz ayollarining manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish borasidagi ko‘p qirrali faoliyati, jahon xotin-qizlar harakatining e’tibor markazida turgan dolzarb masalalarni hal qilishga qo‘shgan hissasi ayniqsa oxirgi yillarda uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini kuchaytirishga olib keldi.
11.01.2013

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
01.01.2013

Aziz yurtdoshlarim!

Qadrli do‘stlar!

Yangi yilga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu shukuhli damlarda yurtimizga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2013-yil bilan siz, azizlarni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirish, samimiy tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharaf, katta baxtdir.

O‘tgan davr mobaynida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni baholar ekanmiz, o‘z poyoniga yetayotgan 2012-yilni shukronalik tuyg‘usi bilan, mamnuniyat bilan kuzatishga to‘liq asoslarimiz bor.
19.10.2012

Muhtaram do‘stlar!

Mamlakatimiz oldida turgan ezgu maqsadlarni amalga oshirish, ko‘ptarmoqli iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash, uning eksport salohiyatini yuksaltirish, el-yurtimiz farovonligini oshirish yo‘lida qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralarimiz barchamizni albatta quvontiradi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni yanada kuchaytiradi.

Shular qatorida paxtachilik sohasida joriy yilda 3 million 350 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat g‘alabasiga erishganimiz, hech shubhasiz, hammamizga chuqur mamnuniyat yetkazadi.
28.09.2012

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Muhtaram yurtdoshlar!

Bugun, mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz uchun eng aziz, eng qadrli bo‘lgan farzandlarimizga bilim va tarbiya berishdek ulug‘ ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan siz, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarni chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 06.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati