Yangiliklar
10.08.2009

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Prezidentining maxsus vakili An Sang Suni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochayotganini alohida qayd etish joiz. O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalalari, ko‘plab mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar borasida hamfikrdir. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish bilan birga, xalqaro maydonda bir-birining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

05.08.2009

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 5 avgust kuni Gruziya hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Georgiy Kublashvili va Rupert Joy ishonch yorliqlari topshirdi.

Davlatimiz rahbari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, diplomatlarni sharafli va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutladi, yurtimizda boshlayotgan missiyalarida muvaffaqiyat tiladi. O’zbekistonning ushbu ikki davlat bilan o’zaro munosabatlari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
01.08.2009

Avval xabar qilinganidek, Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (ODKB) norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi.

Uning ishida O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari ishtirok etdilar. Muzokaralar chog‘ida keng ko‘lamli dolzarb masalalar muhokama qilindi, jumladan, ODKBga a’zo davlatlar xavfsizligini ta’minlash, tashkilotni takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkobiznes kabi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar yuzasidan fikr almashildi.
31.07.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 31 iyul kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (ODKB) norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahriga jo‘nab ketdi.

ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi majlisida ODKB faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
13.07.2009

Oqsaroyda qabul
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 13 iyul kuni Oqsaroyda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Uilyam Bernsni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari ushbu uchrashuv tomonlarni qiziqtirgan ikki va ko’p tomonlama hamkorlik masalalari xususida fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

– Tashrifingizni ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlarini inobatga olgan holda O’zbekiston bilan amaliy va samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga AQSh tayyor ekanining tasdig’i deb bilamiz, – dedi Islom Karimov.
03.07.2009

Islom Karimov Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar va hamkorlik vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 iyul kuni Oqsaroyda Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Migel Anxel Moratinosni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlari rivojlanib borayotganini, joriy yil may oyida Madridda Qirol Xuan Karlos bilan uchrashuv chog‘ida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishilganini ta’kidladi.

– Tashrifingiz O‘zbekistonda Ispaniya, Ispaniyada O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga intilish kuchli ekanidan yorqin dalolatdir, – dedi Islom Karimov.
02.07.2009

Taraqqiyot va farovonlik – islohotlar samarasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 2 iyul kuni Namangan viloyatida bo’ldi.

Namangan viloyati mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotida muhim o’rin tutadigan mintaqalardandir. Namangan ahli mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga munosib hissa qo’shib kelmoqda. Viloyatda joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot o’sishi 10,7 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning barqaror o’sishi ta’minlanmoqda.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati