Nutqlar
31.08.2015

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun mana shu go‘zal va muhtasham maydonda siz, aziz yurtdoshlarimiz bilan ko‘rishish, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni biz uchun eng ulug‘ va eng aziz bo‘lgan O‘zbekistonimizning Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklash – men uchun katta baxt, katta sharafdir.

Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir.

29.08.2015

Prezident Islom Karimovning “Sharq taronalari” o‘ninchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Muhtaram festival ishtirokchilari!

Qadrli mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, qariyb uch ming yillik tarix va madaniyatga ega bo‘lgan, qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida, ne-ne buyuk voqealar guvohi bo‘lmish mana shu muazzam va ulug‘vor Registon maydonida siz, azizlarni – “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qatnashchilarini chin qalbimdan muborakbod etishga, Samarqand ahli nomidan, butun xalqimiz nomidan “Xush kelibsiz O‘zbekistonga, xush kelibsiz Samarqandga!” deb, qizg‘in salom va ezgu tilaklarimizni yetkazishga ijozat bergaysiz.

10.04.2015

Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi

Aziz vatandoshlar, muhtaram Oliy Majlis deputatlari!

Qadrli mehmonlar!

Avvalo, siz, hurmatli Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga, sizlarning timsolingizda butun xalqimizga murojaat qilib, mening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lib saylanishimga o‘z ishonchini bildirgan yurtdoshlarimga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etishdan baxtiyorman.

Ayni shu fursatdan foydalanib, siz, azizlarimga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirib, hammangizga sog‘lik-omonlik, baxt-saodat tilayman, qalbimdagi eng ezgu orzu-tilaklarimni qabul qilishingizni so‘rayman.

22.01.2015

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar!

Hurmatli Senat a’zolari!

Avvalambor, bugun siz, azizlar bilan uchrashib turganimdan va shu fursatdan foydalanib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirish, sihat-salomatlik, bardamlik, tinchlik-omonlik tilashdan baxtiyorman.

Sizlarni saylovchilarimiz, xalqimizning yuksak ishonchini qozonib, senator degan sharafli nomga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklab, faoliyatingizda yangi omadlar tilayman.

12.01.2015

Assalomu alaykum, hurmatli deputatlar!

Aziz do‘stlar!

Avvalambor, yurtimizda Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz asosida, qizg‘in kurashlar ruhida bo‘lib o‘tgan saylovlarda el-yurtimizning ishonchini qozonib, Qonunchilik palatasi deputati degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan siz, muhtaram xalq vakillarini chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda yangi-yangi yutuq va omadlar tilashga ijozat bergaysiz.

Men ko‘pchilik mana shu muhtasham zalda o‘tirganlarni yaqindan bilmasam ham, bugun sizlarning issiq yuzingizni, ochiq chehrangizni ko‘rib, o‘zimni xuddiki sizlar bilan yaqindan tanishgandek his qilmoqdaman.

28.11.2014

Prezident Islom Karimovning Termiz shahriga Amir Temur ordenini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar!

Avvalo, bugun siz, aziz Surxon vohasi vakillari bilan diydor ko‘rishib, barchangizni sog‘-salomat, bardam-baquvvat ko‘rib turganimdan xursand bo‘lganimni bildirib, sizlarga, sizlar orqali butun viloyat ahliga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromim, ezgu tilaklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz.

Sizlar bilan qachon uchrashmaylik, Surxondaryoning bugungi hayoti, aholining hol-ahvoli, kayfiyati, erishilgan yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish, viloyatning kelajagi haqidagi fikr-mulohazalar uchrashuvlarning asosiy mavzusini tashkil etishi hammamizga ma’lum.

13.10.2014

Muhtaram rais!

Hurmatli davlat rahbarlari!

MDH davlat rahbarlarini qutlash, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Grigorevich Lukashenkoga mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

02.10.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ijroiya kengashi 99-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi

Muhtaram janob Taleb Rifai!

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Xonimlar va janoblar!

Siz, muhtaram mehmonlarimizni – Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi rahbarlari va a’zolarini, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralar, sayyohlik tashkilotlari boshliqlarini, olimlar va mutaxassislar, jahon turizm sanoati vakillarini qutlab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni bildirish, Ijroiya kengashning 99-sessiyasiga samarali va muvaffaqiyatli ish olib borishni tilash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

12.09.2014

Muhtaram davlat rahbarlari!

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Avvalambor, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan davlatlar rahbarlari va mazkur sammitga taklif etilgan mehmonlarga o‘zimning samimiy hurmatimni izhor etishga ruxsat bergaysiz. Fursatdan foydalanib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonga samimiy mehmondo‘stlik va bugungi uchrashuv yuksak saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

01.09.2014

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun xalqimiz ona yurtimizning buyuk tarixidagi haqiqatan ham biz uchun eng ulug‘, eng aziz bo‘lgan Vatanimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma uch yillik bayramini katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.

Ana shu qutlug‘ ayyom bilan siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 26.06.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati