Nutqlar
14.09.2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING ROLI VA AHAMIYATI” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI Muhtaram konferensiya qatnashchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, qadrli mehmonlarimizni, nufuzli xalqaro institutlar – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining vakillarini, yetakchi olim va mutaxassislar, biznesmenlar, dunyoning 45 ta mamlakatidan tashrif buyurgan barcha konferensiya ishtirokchilarini qutlash, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni hamda anjuman ishida ishtirok etayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Bugungi anjuman uchun “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” degan mavzuning tanlanishi bejiz emas. Bu, birinchi navbatda, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilgani bizga eski mustabid, rejali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog‘liq.
31.08.2012

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING YIGIRMA BIR YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini nishonlamoqdamiz.

Ana shu buyuk sana bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir.

Men ishonaman – asrlar, zamonlar o‘tar. Ammo barchamizga o‘zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmatimizni, o‘z yurtimizga egalik qilish huquqini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib, abadiy saqlanib qolajak.
17.02.2012

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “YUKSAK BILIMLI VA INTELLEKTUAL RIVOJLANGAN AVLODNI TARBIYALASH – MAMLAKATNI BARQAROR TARAQQIY ETTIRISH VA MODERNIZATSIYA QILISHNING ENG MUHIM SHARTI” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI
Hurmatli konferensiya qatnashchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, muhtaram konferensiya ishtirokchilarini, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki namoyandalari bo‘lgan aziz mehmonlarimizni, dunyoning turli qit’alaridagi 40 dan ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan vakillarni qutlash va barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni va ushbu anjumanda qatnashayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Bizning mintaqamizda iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga ulkan hissa qo‘shib kelayotgani uchun mazkur konferensiyani o‘tkazish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda janoblariga alohida tashakkur izhor etmoqchiman.

26.11.2011

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTONDA ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISHNING MILLIY MODELI: “SOG‘LOM ONA – SOG‘LOM BOLA” MAVZUIDAGI XALQARO SIMPOZIUM OCHILISHIDAGI NUTQI
Muhtarama Bosh direktor xonim,

Hurmatli simpozium ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

Siz aziz mehmonlarimizni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF, Taraqqiyot dasturi va Aholishunoslik jamg‘armasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning ko‘plab mamlakatlari sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, bugungi simpoziumning barcha ishtirokchilarini qutlash va o‘zimning chuqur ehtiromimni izhor etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Yaqinda barpo etilgan, milliy va zamonaviy arxitektura hamda shaharsozlikning eng yaxshi namunalarini o‘zida mujassam etgan, bugun xalqaro anjuman o‘tayotgan ushbu noyob kompleks ikki qismdan – Milliy kutubxona va Simpoziumlar saroyidan iborat. Mazkur muhtasham saroyda qabul qilgan ilk mehmonlarimiz siz, eng insonparvar va olijanob soha – onalik va bolalikni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ushbu xalqaro forum ishtirokchilari ekaningizning o‘zi ko‘p jihatdan ramziy va tarixiy ahamiyatga egadir.
31.08.2011

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli mehmonlar!

Bugun – barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda muborak ayyom, unutilmas tarixiy sana – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganining yigirma yillik buyuk bayrami.
13.12.2010

Sizlarni qutlashga va Rossiya tomoniga, Rossiya Prezidenti Dmitriy Anatolevich Medvedevga samimiy qabul va an’anaviy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysizlar.

Bugungi sammit kun tartibidagi asosiy masala – ODKB kollektiv xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirishdir.

Biz ODKB qarorlarining samaradorligi va ularning tezkorlik bilan qabul qilinishini ta’minlash, Tashkilotning mojaroli vaziyatlarga samarali munosabat bildirish imkoniyatlarini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarni asosli hamda o‘z vaqtida ilgari surilgan, deb hisoblaymiz.
20.10.2010

O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur tashrifi Turkmaniston o‘zining yangi tarixidagi haqiqatan ham eng ulug‘ sana – Mustaqillik kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan kunlarga to‘g‘ri kelgani teran ramziy ma’noga ega, deb o‘ylayman. Menga Turkmaniston Prezidenti, rahbariyati va xalqini ushbu ulug‘ sana munosabati bilan samimiy tabriklash katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
20.09.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi Muhtaram rais janoblari!

Hurmatli do‘stlar!

Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar saqlanib qolayotgani, davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda.

11.06.2010

Muhtaram davlat rahbarlari!

Hurmatli Sammit qatnashchilari!

2001 yilda tuzilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixan qisqa vaqtda zamonaviy geosiyosatning nufuzli xalqaro tuzilmasiga aylandi, deyish uchun bugun barcha asoslarimiz bor.
03.05.2010

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING OSIYO TARAQQIYOT BANKI BOSHQARUVCHILAR KENGASHI 43-YILLIK MAJLISINING OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI
Muhtaram prezident Kuroda! 
Muhtaram boshqaruvchilar!  
Hurmatli xorijiy davlatlar vakillari va mehmonlar!  
Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 43-yillik majlisi ishtirokchilarini, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarini va Toshkentga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.

Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari orasida birinchi bo’lib ushbu muhim voqeani o’tkazishgaO’zbekiston poytaxti tanlangani biz uchun katta sharaf va mazkur qarorni qabul qilgan Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo mamlakatlar hukumatlarigasamimiy minnatdorlik izhor etamiz.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 25.06.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati