Xorijiy davlatlarga tashriflar
23.03.2017

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti hamrohligida “Nazarboyev universiteti” va “MEGA Silk Way” savdo markazini borib ko‘rdi.

Universitetga ilk talabalar 2010-yilda qabul qilingan. Uning tarkibida 8 maktab, bir markaz va kutubxona bor. Ta’lim xalqaro andozalar asosida olib boriladi. Har yili 440 dan ortiq bakalavr va 170 dan ziyod magistr kadrlar tayyorlanadi.

Davlatimiz rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi.

23.03.2017

Istiqbolli hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston muzokaralari yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

23.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida muloqotni davom ettirdilar.

Unda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

23.03.2017

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi

Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

23.03.2017

Prezidentimiz Ostonadagi “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Ostona shahrida “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi.

Ushbu monument Prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan 2001-yil Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan.

07.03.2017

O‘zbekiston – Turkmaniston: yaqin qo‘shnichilik va qardoshlik rishtalari mustahkamlanmoqda

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-7-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrifning ikkinchi kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanobod shahriga bordilar.

Ushbu shahar yaqinida Amudaryoda qurilgan Turkmanobod-Farab avtomobil va temir yo‘l ko‘priklarining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.

06.03.2017

O‘zbekiston va Turkmaniston – strategik sherik davlatlar

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga keldi.

Ta’kidlash joizki, bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida xorijiy davlatga ilk tashrifidir. Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida O‘zbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishini bayon etgan. Prezidentimizning mazkur davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganini yaqqol tasdiqladi.

Xalqimiz turkman xalqi bilan ham azaldan yonma-yon, ahil-inoq yashab kelgan, bir daryodan suv ichgan. Savdo-sotiq qilgan, bir-birining madaniyatini boyitgan.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati