Xorijiy davlatlarga tashriflar
25.10.2014

O‘zbekiston – Turkmaniston: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrifning asosiy voqealari 24-oktabr kuni bo‘ldi. Rasmiy kutib olish marosimidan keyin Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek va turkman xalqlarining tarixi, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, til va urf-odatlari o‘xshash. Ikki xalq azaldan bir-birining madaniyatini boyitib, savdo-sotiq qilib keladi, bir daryodan suv ichadi.

11.10.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-oktabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-oktabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.

MDH sammitining asosiy tadbirlari 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari kengashining majlisida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Prezidentlar xavfsizlikni ta’minlash, gumanitar sohadagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston Prezidenti MDH bevosita muloqotni qo‘llab-quvvatlash, dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini beradigan tuzilma, a’zo davlatlarni barqaror rivojlantirish, ularning savdo-iqtisodiy salohiyatini faol ishga solish, xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish borasida o‘zaro ma’qul yondashuvlar, muvofiqlashtirilgan amaliy choralar ishlab chiqishga xizmat qiladigan maydon ekanini ta’kidladi.

13.09.2014

ShHTning Dushanbe sammiti

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-12-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston poytaxtida 11-sentabr kuni ShHT sammiti doirasida Eron, Tojikiston va Rossiya rahbarlari bilan ikki tomonlama muhim muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Dushanbega ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan davlat rahbari sifatida tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi. Tomonlar turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarning bugungi holatini muhokama qilib, hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

20.08.2014

O‘zbekiston – Xitoy: o‘zaro munosabatlarning yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 20-avgust kuni XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Prezident Islom Karimovning ushbu tashrifi davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qilishi, o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarini izchil kengaytirishga yangi sur’at bag‘ishlashi qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Pekin muzokaralari doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo‘yicha yigirmadan ziyod hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani va shu tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

19.08.2014

O‘zaro ishonch va manfaatdorlik – strategik sheriklikning asosiy tamoyillari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 19-avgust kuni davlat tashrifi bilan Pekinga keldi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik yuksak darajaga ko‘tarildi. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlariga, O‘zbekiston va Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar, avvalo, Islom Karimov va Si Szinpin o‘rtasidagi do‘stlik, mustahkam ishonch negizida, shuningdek, Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiya ruhida taraqqiy etmoqda.

22.05.2014

O‘zaro ishonchli munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan IV sammitida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash qit’ada hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro forumdir. Bugungi kunda Kengashga 24 davlat a’zo. To‘qqiz mamlakat va to‘rt xalqaro tashkilot uning kuzatuvchilaridir.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ta’kidlaganidek, bugun dunyoda ro‘y berayotgan tahlikali, beqaror siyosiy va iqtisodiy voqealardan xavotirga tushmagan davlat, jamiyat bo‘lmasa kerak. Bu, o‘z navbatida, xalqaro xavfsizlikka ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. So‘nggi vaqtlarda jahonning ayrim mintaqalarida yuzaga kelayotgan vaziyatni kuzatar ekanmiz, barqarorlikni izdan chiqaruvchi omillar – kuch ishlatish va zo‘ravonlik xavfi tobora kuchayib borayotganini afsus bilan qayd etmoq lozim. Xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik xavfi, millatlararo va konfessiyalararo qarama-qarshiliklar ham kamaygani yo‘q.

26.10.2013

MDHning Minsk sammiti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-25-oktabr kunlari Minsk shahrida bo‘lib, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining sammitlari 20-yildan ortiq vaqt davomida davlatlararo ahamiyatga molik muhim masalalar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish, o‘zaro ma’qul qarorlar qabul qilish maqsadida ochiq maslahatlashish uchun qulay muloqot maydoni vazifasini o‘tab kelmoqda.

Minsk uchrashuvida Hamdo‘stlik faoliyatini yanada takomillashtirish, a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

18.10.2013

O‘zbekiston-Latviya: Hamkorlikning yangi bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinshning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan 16-17-oktabr kunlari ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Latviya Prezidenti qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog‘ida Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.

13.09.2013

ShHT ning Bishkek sammiti Avval xabar qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 12-13-sentabr kunlari Bishkekda o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Sammitning asosiy tadbirlari 13-sentabr kuni bo'lib o'tdi. ShHTga a'zo Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

15.04.2013

O‘zaro munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan yanada boyitish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14-15-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda oliy darajadagi siyosiy muloqotlar muntazamlik kasb etgan. Islom Karimov 2010-yilning aprel oyida rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. 2012-yilning iyun oyida Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Mazkur tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya va boshqa bir qator hujjatlar imzolandi.

Tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov joriy yilning 5-aprelida tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ldi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 22.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati