O`zbekistonga tashriflar
14.06.2011

Uzoq muddatli manfaatlarga asoslangan hamkorlik
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Ko’ksaroy majmuida 14 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlar ekan, Rossiya Prezidentining O’zbekistonga tashrifi yuksak darajadagi o’zaro munosabatlarning yaqqol dalili ekanini ta’kidladi. Bu ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiluvchi barcha sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qat’iy siyosiy intilishlarning tasdig’idir.

14.06.2011

Rossiya Prezidenti O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev o‘rtasida qisqacha suhbat bo‘lib o‘tdi.

01.06.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1 iyun kuni Oqsaroyda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) amaldagi raisi, Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri Audronyus Ajubalisni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, uning mamlakatimizda nafaqat YEXHTning amaldagi raisi, balki O‘zbekiston bilan azaldan turli sohalarda yaxshi hamkorlik qilib kelayotgan Litva tashqi siyosat mahkamasining rahbari sifatida ham qabul qilinishini ta’kidladi.

Uchrashuvda YEXHT oldida turgan vazifalar, Litvaning ushbu tuzilmadagi rahbarligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
31.05.2011

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 31-may kuni Oqsaroyda AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Denis Makdonani qabul qildi.

Islom Karimov mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-AQSH hamkorligi barcha yo‘nalishlarda barqaror va izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

23.05.2011

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23 may kuni Oqsaroyda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Helen Klarkni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston BMT Taraqqiyot dasturi faoliyatini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Taraqqiyot dasturi BMTning rivojlanish sohasidagi global tizimi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab aholi turmushini yaxshilash maqsadida yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlash, bilim manbalari, amaliy tajriba va resurslardan foydalanishga imkon yaratish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston BMT a’zosi sifatida xalqaro va mintaqaviy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Prezident Islom Karimov BMT minbaridan bir necha bor xalqaro hamjamiyat e’tiborini bugungi kunning dolzarb masalalariga qaratdi. Jumladan, davlatimiz rahbari BMT Bosh assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni hamda izchil taraqqiyotni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ustuvor vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi.
20.05.2011

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 20 may kuni Oqsaroyda “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, “Lukoyl” bilan hamkorlik yaxshi samaralar berayotganini, ushbu kompaniya mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritib, yirik loyihalarda faol ishtirok etayotganini qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, “Lukoyl” ishlab chiqarish va moliya sohasida yuksak natijalarga erishmoqda, bu kompaniya rahbariyatining puxta va samarali strategiyasidan dalolatdir. Asoslangan uglevodorod zaxiralari hajmi bo‘yicha “Lukoyl” jahonning yetakchi neft-gaz kompaniyalari sirasiga kiradi.

12.05.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 12 may kuni Oqsaroyda Ispaniya Parlamenti quyi palatasi (Deputatlar kongressi) deputati, ushbu mamlakatning sobiq tashqi ishlar vaziri Migel Anxel Moratinosni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Ispaniya bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yaqin sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat berishini ta’kidladi.

Uchrashuvda izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlarining barcha yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ikki mamlakatning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamjihatligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
07.05.2011

Tashrif samarali bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 6 may kuni Buxoro shahriga tashrif buyurdilar.

Buxoro O‘zbekistonning asrlar davomida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelgan, haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor bo‘lgan muqaddas shaharlaridandir. Buxoroi sharif buyuk allomalari, qad rostlagan betakror tarixiy obidalari bilan xalqimizni, mamlakatimizni butun dunyoga tanitgan.

Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov Buxoroning shariflik maqomiga ko‘tarilishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalardan biri Bahouddin Naqshband me’moriy majmuini ziyorat qildilar.

05.05.2011

Do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 5 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbek va turkman xalqlarining tarixi mushtarak. Tili, madaniyati, urf-odatlari o‘xshash. Ajdodlarimizning ilmiy, adabiy va ma’naviy merosi xalqlarimizning umumiy mulki sanaladi. O‘zbek va turkman azaldan taqdir sinovlari davrida bir-biriga yelkadosh bo‘lib, shukuhli damlarda quvonchini baham ko‘rib kelgan. Biz bir-birimizning uloq-ko‘pkarimizda qatnashamiz, bir daryodan suv ichamiz. O‘zbekning to‘yida turkman, turkmanning to‘yida o‘zbek aziz mehmondir.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar mustaqillik yillarida yangi, sifat jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bugun O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligi 2007 yilda imzolangan Do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma ruhida jadal rivojlanmoqda. Muntazam ravishda oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazib kelinayotgani buning yorqin tasdig‘idir.

29.03.2011

Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29 mart kuni Oqsaroyda YEXHTning kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari K.Vollebekning Markaziy Osiyoda millatlararo munosabatlarga oid dolzarb masalalarga e’tiborini yuqori baholab, tinchlik va barqarorlikni saqlashda, inson huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashda YEXHTning kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Millatlararo va konfessiyalararo bag‘rikenglik tarixan mamlakatimizni rivojlantirishning o‘ziga xos jihati bo‘lib kelgan. Millatlararo totuvlik va barqarorlik O‘zbekiston Respublikasida davlat siyosati va ijtimoiy taraqqiyotning tub maqsadlaridan biridir.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 18.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati