O`zbekistonga tashriflar
22.06.2016

Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li – strategik hamkorlikning yuksak samarasi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da 22-iyun kuni O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari mazkur g‘oyat ulkan loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston uchun katta yutuq, muhim va unutilmas tarixiy voqea ekanini alohida ta’kidladi.

22.06.2016

O‘zbekiston – Xitoy: hamkorlikning yangi bosqichi – har tomonlama strategik sheriklik

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida 22-iyun kuni XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Si Szinpin shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Xitoyning davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Islom Karimov va Si Szinpinning tor doiradagi suhbatida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

21.06.2016

Xitoy Xalq Respublikasi Raisining O‘zbekistonga davlat tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.

14.06.2016

Oqsaroyda qabul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 14-iyun kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng mamlakatimizga ilk bor kelgan mehmonni qutlar ekan, uni yuksak va mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.07.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati